SIKLON

SIKLON (yun. kyklon — aylanuvchi) — atmosferaning past bosimli oblasti. Asosan, ikki xil havo massasi chegarasida (havo frontida) yuzaga kelib, Siklon markazida havo bosimi eng past, chekkalarida yuqori boʻladi. Shamol atrofdan Siklon markazi tomon esadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi taʼsirida shamollar Shim. yarim sharda soat strelkami harakati yoʻnalishiga teskari, Jan. yarim sharda soat strelkasi yoʻnalishida harakatlanadi. Siklon markazida bosim 950—960 mbar, baʼzida 920—930 mbar boʻladi. Past bosimli oblastni oʻrab turgan izobaralar diametri bir necha yuz km dan 2—3 ming km. gacha yetadi. Ana shu maydonda havo aylanma harakat qiladi. Kuchli shamollar esib, tezligi 20 m/sek. va hatto 30 m/sek. dan xam oshadi. Havo Siklon markaziy qismidan yuqoriga harakat qilgani uchun unda kupincha havo bulutli boʻladi. Havo uyurma harakat qilganidan Siklonga Yerning turli kengliklaridan har xil havo massalari oqib keladi. Shuning uchun ham havo t-rasi turli qismlarida turlicha boʻladi. Shim. yarim sharda Siklon larning old tomonida shamollar jan., jan.-gʻarbdan esgani uchun havo iliq boʻladi, atmosfera bosimi pasayadi, havoda budut koʻpayib, yogʻin yogʻadi. Siklon markazi oʻtgandan keyin shim. va shim.gʻarbdan sovuq shamol keladi. Qishda yomgʻir qorga aylanib, antitsiklon boshlanadi. Tropiklardan boshqa joylarda yogʻinning asosiy qismi aynan Siklonda yogʻadi. Shakllanishining dastlabki boskichida Siklon troposferaning quyi qisminigina oʻz ichiga oladi. Yetilgan Siklon butun troposferani qamrab olishi va hatto stratosferaning quyi qismiga tarqalishi mumkin. Siklonlar moʻtadil mintaqalarda, asosan, gʻarbdan sharqqa harakatlanadi. Siklonning oʻrtacha tezligi 30—45 km/soat, baʼzida a 100 km/soatga yetadi. Siklon oʻtgan hududda atmosfera bosimi va shamol bilan birga havo t-rasi, namligi, bulut va yogʻin miqdori ham oʻzgaradi. Tropik kengliklarda vujudga keladigan tropik siklonlar diametri kichikroq (100—300 km), markazida bosim 950 mbar, baʼzan 900 mbardan ham past boʻladi. Shu sababli bunday Slarda bosim farqi juda katta boʻlganidan kuchli shamollar — dovullar esadi (q. Toʻfon). Shamolning nihoyatda tez esishi va koʻp yogʻin yogʻishi oqibatida dengizlarda kuchli toʻlqinlar koʻtariladi, quruklikda katta vayronagarchiliklarga sabab boʻladi. Oʻzbekistonga Atlanmka okeanidan keladigan Siklonlar qishda iliq, yomgʻirli, qorli ob-havo keltiradi.


Lotin alifbosida maqola: SIKLON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
OKEAN
XITOY
HIND OKEANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты