SILINDR QUVVATI

SILINDR QUVVATI — bugʻ mashinasi, ichki yonuv dvigateli va b. porshenli mashinalarning bir silindrida vujudga keladigan quvvat. Uning qiymati porshenning oʻrtacha tezligi, silindr diametri va hajmiga bogʻliq. Silindr quvvati har xil mashina uchun turlicha boʻladi. Mac, Andijondagi «OʻzDEUavto» qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan uch silindrli «Tiko» avtomobili uchun Silindr quvvati 41 o. k. (silindr hajmi 796 sm3), uch silindrli «Damas» avtomobili uchun 38 o. k. (silindr hajmi 796 sm sm3), toʻrt silindrli «Neksiya» avtomobili uchun 75 o. k. (silindr xajmi 1488 sm3), Samarqand-dagi «SamKoch-Avto» qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan, 4 silindrli turbodizel oʻrnatilgan IVECO 8040.25 yuk avtomobili uchun 115 o. k. (silindr hajmi 3908 sm3)ga teng.


Lotin alifbosida maqola: SILINDR QUVVATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ICHKI YONUV DVIGATELI
YER
TOSHKENT
ASAKA AVTOMOBIL ZAVODI
AVIATSIYA DVIGATELI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты