SINKIT

SINKIT — oddiy oksidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi ZnO. Odatdagi aralashmalari: MgO (9% gacha), RYO (5,3% gacha) va FeO (1,1% gacha). Geksagonal singoniyada kristallanadi. Odatda, donador toʻplamlar holida uchraydi, kristallari siyrak. Rangi toʻq sarikdan toʻq qizilgacha. Kam uchraydi. Qattiqligi 4—5; zichligi 5,6—5,7 g/sm3, yarim oʻtkazgich. Olmosdek yaltiraydi. Shaffof, moʻrt. Villemit, franklinit va b. kamyob minerallar bilan birga kontakt-metasomatik konlardagi qayta kristallangan ohaktoshlarda uchraydi. Zn rudasi sifatida AQSHning skarn tipidagi Franklin konida qazib chiqariladi; baʼzi qoʻrgʻoshin-rux konlarida ham topilgan.


Lotin alifbosida maqola: SINKIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
RUX
YER
QOʻRGʻOSHIN OKSIDLARI
QOʻRGʻOSHIN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты