TAQSIM

TAQSIM, rapport — naqqoshlikda naqshning maʼlum tartibda takrorlanuvchi boʻlagi. Oʻrta Osiyo naqshlari, jumladan, oʻzbek milliy naqshlari, asosan, ana shunday takrorlanuvchi Taqsim lardan tarkib topadi. Bezatiladigan sath Taqsim yuzi deb ataladi. Usta (naqqosh)lar Taqsim yuzini qogʻozga belgilab, naqsh mujassamotining bir qismini chizib oladi, chizma asosida naqshning axtdsini tayyorlaydi. Takrorlanadigan Taqsim asosida bezatilayotgan yuza toʻldirib chiqiladi va bezatiladi. Taqsim turlari: aylanma T. — doyra yoki gumbazga moʻljallanib, naqsh mujassamotining 1/4, 1/6, 1/8… 1/12 va h. k. qismini tashkil etadi va doyra boʻylab yonmayon takrorlanadi; toʻgʻri Taqsim toʻgʻri chiziq boʻylab takrorlanadi; chapu rost T. axtasi toʻgʻri va teskari almashinib takrorlanadi. Anʼanaviy naqqoshlikda Taqsimning bu turlari, ayniqsa, islimiy va girih naqshlarda keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: TAQSIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NAQSH
TOSHKENT
YER
FRANSIYA
ISLIMIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты