SITOKIMYO

SITOKIMYO (sito… va kimyo) — sitologiyaning boʻlimi, hujayra tuzilmalarining kimyoviy tarkibi, hujayrada kimyoviy birikmalarning sintezlanishi, taqsimlanishi va faolligini, xujayra funksiyasiga karab ularning oʻzgarishini oʻrganadi. Sitokimyo sohasidagi tadqiqotlar 19-a. ning oʻrtalaridan 20-a. oʻrtalarigacha ayniqsa jadal rivojlangan. Sitokimyo tadqiqotlari hujayra tarkibiy qismlarining muayyan boʻyoqlar bilan boʻyalishi va, aksincha, boshqa boʻyoqlar taʼsir qilmasligiga asoslangan. Nuklein kislotalarining irsiyatdagi ahamiyatini tushuntirib berilishi, oqsil molekulalari mikdoriy oʻzgarishlarining hujayra funksional faolligiga bogʻliqligi aniqlanishi, hujayra siklini oʻrganish Sitokimyoning eng katta yutukdaridir. Immunotsitokimyo, elektron mikroskopik sitokimyo S. ning eng istikbolli sohalari hisoblanadi. Toʻqima strukturalarini Sitokimyo metodi yordamida oʻrganish gistokimyo deyiladi.


Lotin alifbosida maqola: SITOKIMYO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIMYO
SITOLOGIYA
BIOLOGIYA
HUJAYRA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты