SITOPLAZMA

SITOPLAZMA (sito… va yun. plasma — shakllangan) — hujayraning yadro bilan plazmatik membrana oraligʻida joylashgan asosiy tarkibiy qismi (q. Hujayra). S. kolloid sistema — gialoplazma, organoidlar va kiritmalardan tashkil topgan. Sitoplazma dagi kolloid zarrachalar va b. tarkibiy qismlar doim harakatda boʻladi. Mikrofibrilla, mikronaychalar va b. tolasimon tuzilmalar hujayraning harakat-tayanch sistemasi hisoblanadigan sitoskeletni hosil qiladi. Hayvon hujayralari Sitoplazmasi organoidlari kam boʻlgan, plazmatik membranaga yaqin tashqi qismini ektoplazma, ichki, yadroga yaqin joylashgan organoidlarga boy qismini endoplazma deyiladi. Oʻsimlik hujayralari sitoplazmasi hayvon hujayralaridan maxsus organoidlar — plastidalar va yirik vakuolalarning boʻlishi bilan farq qiladi.


Lotin alifbosida maqola: SITOPLAZMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUJAYRA
YER
HUJAYRA NAZARIYASI
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты