SITOSPOROZ

SITOSPOROZ — mevali va oʻrmon daraxtlarining kurib qolish kasalligi. Asosan, yosh danakli meva daraxtlari (oʻrik, shaftoli) zararlanadi. Cytospora turkumiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Danakli meva daraxtlarining sovuq taʼsirida yoki notoʻgʻri parvarish tufayli zararlangan tanasi va yoʻgʻon shoxlarining poʻstlogʻida kasallik qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar oʻrnashib oladi va poʻstloqning zamburugʻ mitseliylari zararlagan joylaridan oʻsimlik shirasi okib chikadi, natijada daraxtlar soʻliydi va qurib qoladi. Kurash choralari: koʻchatlarni toʻgʻri ekish, qurigan shox va daraxtlarni kesib tashlash; daraxtlarni mexanik va termik shikastlanishdan himoya qilish; danakli meva daraxtlariga erta bahorda 1—2% li bordo suyukligi, mis kuporosi, temir kuporosi eritmasini purkash.


Lotin alifbosida maqola: SITOSPOROZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISH
Farrux Raimov - Shaftoli
Tushda shaftoli ko`rsa nima bo`lishi haqida.
SHAFTOLI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты