SITSERON Mark Tulliy

SITSERON Mark Tulliy (Marcus Tullius Cicero) (mil. av. 106.3.1, Arpinum — mil. av. 43.7.12, hoz. Gaeta yaqini) — Rim siyosiy arbobi, notiq, yozuvchi. Rimda tahsil olib, notiqlik sanʼatini egallaydi, soʻng Afina, Kichik Osiyo va Rodosda oʻz bilimini mukammallashtiradi. Elchilik davrida (mil. av. 63 y.) Katalina fitnasini fosh etgani uchun «fuqarolik chambari» bilan tadkirlanadi va Rim fukarolari orasida birinchi boʻlib «Yurt otasi» unvoniga sazovor boʻladi. Ammo rimlik fitnachilarni sudsiz qatl etgani sababli mil. av. 58 y. da quvgʻinga uchrab, xorijda yashashga majbur boʻlgan. Sezar oʻddirilgach (mil. av. 44 y.), Antoniy buyrugʻi bilan qatl etilguniga qadar Rimning amaldagi hukmdori sanalgan.

Sitseron siyosat, falsafa va adabiyotda «oʻrta oqim» hisoblangan barqarorlik va vazminlik aqidalariga sodiq boʻlgan. «Aralash davlat tuzilmasi» (monarxiya, aristokratiya va demokratiyaning qoʻshilishidan paydo boʻlgan hokimiyat) Sitseronning siyosiy ideali boʻlib, mil. av. 2-a. boshidagi Rim respublikasini buning namunasi deb hisoblagan. Sitseron faylasuf sifatida atomizmta qarshi chiqdi, jonni oʻlmas va abadiy deb bildi, real tasavvurlarni real boʻlmagan tasavvurlardan farq qilish uchun mezon yoʻq deb hisobladi. Falsa-fiy asarlarida etika masalalariga asosiy eʼtiborni qaratdi. Yunon falsafasi atamalarini ishlab chiqdi. Davlat haqidagi risolalarida davlatni xususiy mulkni himoya qiluvchi, umumiy huquq meʼyorlariga asoslangan ki-shilar uyushmasi sifatida talqin etdi.

Sitseronning 58 ta nutqi, 19 ta asari va 800 dan ziyod maktublari saqlanib qolgan. Sitseron asarlari Rimdagi fuqarolar urushi davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manbai hisoblanadi. Sitseron jahon tarixida notikdik sanʼatini mukammal egallagan kishi sifatida shuhrat qozongan. Uning turli sud jarayonlarida soʻzlagan nutqlari notiklik sanʼatining eng yuksak namunalaridir. Sitseron oʻz asarlari («Yaxshilik va yomonlikning chegaralari toʻgʻrisida», «Davlat toʻgʻrisida», «Qonunlar toʻgʻrisida», «Majburiyatlar toʻgʻrisida» va b.) hamda nutqlari bilan Rim mumtoz nasri va adabiy tiliga tamal toshini qoʻygan. Sitseronning «Verresga qarshi nutqlar», «Katilinaga qarshi nutqlar», «Orator haqida» traktatini Oybek oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

As: Rim adabiyoti, T., 1939; Rechi, t. 1—2, M., 1962; Tri traktata ob oratorskom iskusstve, M., 1972; Izbrannыye sochineniya, M., 1975.

Ad.: Utchenko S, Sitseron i yego vremya, M., 1972.


Lotin alifbosida maqola: SITSERON Mark Tulliy haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YUNONISTON
TOSHKENT
FRANSIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты