TEGIN

TEGIN, takin (turkiycha — qul) — 1) hunlar davrida yabgʻudan keyingi 2oliy darajali mansab;

2) Gʻarbiy va Sharqiy Turk xoqonligida (6—8-a.) hukmdor — qagʻan (xoqon)dan keyingi 2oliy lavozim, yaʼni taxt vorisi, qoyimmaqom. Ayni chogʻda davlat boshligʻi farzandlari — xonzodalar ismiga qoʻshib aytiladigan sharafli unvon. (mas., Kultegin, Yoʻllugʻgegin va b.);

3) Krraxoniylar saltanatida Tegin — xonzoda muayyan mulkka egalik qilgan, harbiy harakatlarda qoʻshinni boshqargan. Sharqiy Turk davlatlari (uygʻurlar va qoraxoniylar) da Tegin «xonzoda» maʼnosida moʻgullar bosqiniga qadar mavjud bulgan;

4) Somoniylar, Gʻaznaviylar va Saljuqiylar lashkarida uzoq muddat xizmat qilish evaziga yuksak martabalarga erishgan qul, gʻulom. Xususan, Mahmud Gʻaznaviyning otasi — Sabuktegin suboshi — lashkarboshi darajasigacha koʻtarilgan. Xorazmshoxlar bobokaloni Anushtegin dastlab saljuqiy Bilgateginning gʻulomi boʻlgan. Somoniylar qoʻshinida keyinchalik sipohsolor unvonini egallagan Alptegin ham turk gʻulomlaridan boʻlgan.


Lotin alifbosida maqola: TEGIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QORAXONIYLAR DAVLATI
HARBIY SANʼAT
TOSHKENT
GʻAZNAVILAR DAVLATI
SALJUQIYLAR DAVLATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты