UAGADUGU

UAGADUGU — Burkina-Faso poytaxti. Qora va Oq Volta daryolari oraligʻidagi platoda, 300 m balandlikda joylashgan. Iqlimi subekvatorial, quruq iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24,4°, iyulniki 31,5°. Oʻrtacha yillik yogʻin 880 mm. Aholisi 709,7 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Paxta tozalash, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari, poyabzal f-kasi, shina va sement z-dlari, issiqlik elektr st-yasi bor. Tayyor qismlardan velosiped va mototsikllar yigʻiladi. Gilam toʻqiladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Q. x. rayonining savdo markazi. Un-t (1969), i. t. markazi, tropik oʻrmon texnik markazi va b. bor. Uagaduguga 15-a. da asos solingan. 19a. oxirigacha moyey xalqi davlatlaridan birining poytaxti. 1919—32 va 1947 — 60 y. larda Fransiyaga qarashli Yuqori Voltaning maʼmuriy markazi. 1960-y. dan mustaqil Burkina-Faso Respublikasi poytaxti.


Lotin alifbosida maqola: UAGADUGU haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BURKINA FASO
TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты