TEKIS BOSMA

TEKIS BOSMA — matn va tasvirlarni matbaa usulida koʻpaytirishning asosiy turlaridan biri. Bunda bosma qolipning bosma elementlariga quyuq boʻyoq surkaladi, oraliq (probel) elementlariga esa suv beriladi. Bunga erishish uchun qolip sirtiga kimyoviy ishlov beriladi. Tekis bosma krlipining bosma va oraliq elementlari amalda bir tekislikda yotadi. Bosish jarayonida qolip navbatmanavbat suv bilan hoʻllanadi va boʻyokda dumalatiladi, soʻngra qolipdan qogoz (yoki boshqa material) ga bosim ostida nusxa koʻchiriladi. Tekis bosmaning maxsus turi fototipiya hisoblanadi. Tekis bosmaning eski usuli — litografiya oʻrnini hozir ofset bosma usuli egallagan.


Lotin alifbosida maqola: TEKIS BOSMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OFSET BOSMA
OFSET BOSMA MASHINA
YER
POLIGRAFIYA
YUQORI BOSMA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты