TEKS (lot. texo — toʻqiyman, oʻrayman) , tolaning chiziqli zichligi — tola yoki ipning chizikli zichligini ifodalaydigan kattalik, tola massasining tola uzunligiga nisbati. Tolaning sifat koʻrsatkichi. Xalqaro birliklar sistemasi boʻyicha Teks (g/km)larda oʻlchanadi. 1T=1g/ km=1 mg/m. T. soni 1 km tola uzunligiga necha g massa toʻgʻri kelishini koʻrsatadi. Tolaning chizikli zichligi 1 T. dan kichikroq boʻlsa, kilometrga milligramm (mg/km)da yoki milli Teks larda (mteks) belgilanadi. Kalava iplar va iplarning chizikli zichligi 1000 Teksdan katta boʻlsa, kilogramm (kg/km)da yoki kiloteks (kteks) da belgilanadi; 1 teksq1000 mteksq0,001 kteks.