TEKTONIK VAL

TEKTONIK VAL — nisbatan kambar (eni bir necha oʻn km) va uzun qiya (100 — 300 km), asosan, asimmetrik koʻtarilma; platformalar uchun xos. Bal. 100 m gacha (oʻrtacha mayd. 200 dan 6000—10000 km2 gacha). Tektonik vallar braxiantiklinal burmalar (plakantiklinal)ning zanjiri yoki zanjirlari (murakkab vallar)dan iborat. Tektonik valning katta qismi antekliza va sineklizalar oʻrtasidagi chegara zonasida yoki fundamentning yoriqlari ustida rivojlanadi. Yoshroq platformalarda Tektonik val, odatda, burmali asosga ega boʻlgan antiklinal zonalarning kuchli zaiflashgan koʻrinishini takrorlab, ularning oʻrnini egallaydi. Aksari Tektonik val doirasida joylashgan mayda koʻtarilmalar neftgaz toʻplamlari bilan bogʻliq. Odatda, qad. platformalar plitalarida Tektonik vallar fleksuralar bilan chegaralangan va koʻpincha koʻtarilmalar va fundamentni botqokligini chegaralovchi yoriqlar zonasini kuzatib boradi. Ular chokli Tektonik vallar deb ataladi. Tektonik val larning inversion, megaval yoki yirik, murakkab turlari mavjud. Tipik Tektonik val larga Rossiya plitasidagi OkaSna, DonMedveditsa, Vyatka vallari kiradi.


Lotin alifbosida maqola: TEKTONIK VAL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты