TEKTONOFIZIKA

TEKTONOFIZIKA — tektonikaning tof jinslari qatlamlarida tektonik deformatsiyalar (burmalar, uzilmalar va b.) vujudga kelishining fizik sharoitlarini oʻrganuvchi bulimi. Tektonofizika bir turda tuzilmagan (mas., donali yoki qatlamli) Yer pustida sodir bulgan yirik deformatsiyalarni urganishda fizika va mexanikaning plastik deformatsiyalar va qattiq jismlar yemirilishi haqidagi tadqiqot natijalaridan foydalanadi. Tektonik deformatsiyalar uzok, vaqt va astasekin rivojlanganligi bois Tektonofizikaning vazifasi — tog jinslarining plastik deformatsiyasining barcha bosqichlarini kuzatish, ularda Yer pusti uchun xos bulgan uzilishlarning tarqalishi va bu deformatsiyalarning oʻtish sharoitlarini hisobga olishdir. Tektonofizika izlanishlarining asosiy maqsadi ilgari Yer poʻstida mavjud boʻlgan kuchlanish maydonlarida shakllangan tektonik strukturalar genezisini aniqlashdan iborat. Tektonofizikaning ahamiyati shundaki, unda tektonik strukturalarning hosil boʻlish mexanizmi toʻgʻrisida toʻgʻri tasavvurga ega boʻlish — Yer poʻstida ularning tarqalish qonuniyatlarini oldindan koʻra bilishga imkon beradi. Tektonofizikada tektonik jarayonlarning fizik modellash metodi keng qoʻllaniladi. Tektonofizika tadqiqotlari natijasidan chuqur jarayonlar sabablarini oʻrganish, yer qimirlashni bashoratlash, qidiruv va qazish ishlari va b. da foydalaniladi. «Tektonofizika» termini fanga rus geologlari V. V. Belousov, M. V. Gzovskiylar tomonidan kiritilgan (1954).


Lotin alifbosida maqola: TEKTONOFIZIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FIZIKA
TOGʻ JINSLARINING BURMALANISHI
TEKTONIKA
TEKTONIK DEFORMATSIYALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты