UJJAYN

UJJAYN — Hindistonning markaziy qismidagi shahar. MadhyaPradesh shtatida. Vindhya togʻining shim. etagida joylashgan. Aholisi 365 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda turli buyumlar tayyorlanadi. Ujjayn hindularning 7 «muqaddas» shaharidan biri, diniy ziyorat markazlaridan. Shahar mil. av. 7-a. da bunyod etilgan. Qad. hind geograflari shartli Bosh meridianni Ujjayn orqali oʻtkazganlar. Shahardan jan. da 1730-y. da qurilgan JaySingx rasadxonasi bor.


Lotin alifbosida maqola: UJJAYN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
HINDISTON
XITOY
ROSSIYA
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты