TELEMEXANIKA TIZIMI — masofadan turib radioaloqa yoki simli aloqa kanali boʻyicha operator (kompyuter) dan boshqarish obyektiga signallar uzatadigan va qaytgan axborotlarni nazorat qiladigan texnika vositalari majmui. Boshkarish punkti (BP), bir yoki bir necha nazorat punkti (NP) hamda BP va NP ni ulovchi aloqa liniyasidan iborat.
Telemexanika tizimining toʻplangan (bitta NP chegarasidagi) obyektlarga va tarqoq obyektlarga moʻljallangan xillari bor. Birinchi turga misol sifatida alohida qurilish krani, samolyot va b. ni boshkarish tizimlari, ikkinchi turga gaz va neft quvurlari, sugʻorish tizimlari, t. y. uzellari, korxona va b. ni boshkarish tizimlari kiradi. Telemexanika tizimida nazorat qilinadigan va boshkariladigan axborotlarning barchasi yoki faqat baʼzi turlari uzatilishi mumkin. Faqat obyektlarning parametrlari haqida axborot uzatiladigan Telemexanika tizimi teleoʻlchash, nazorat qilinadigan obyektning vaziyati haqidagi axborot uzatiladiganini telesignalizatsiya, faqat boshqarish «buyruklari» uzatiladigani teleboshqarish tizimi deb ataladi. Kompleks Telemexanika tizimida nazorat va boshqarish axborotlarining barcha turlarini uzatish mumkin.
Telemexanika tizimi xalq xoʻjaligi va sanoatning turli sohalarida, kosmonavtika, aviatsiya va b. da keng qoʻllaniladi (q. Telemexanika).