UZUN TOʻLQINLAR

UZUN TOʻLQINLAR — toʻlkin uzunligi 1 km dan 10—20 km gacha boʻlgan radiotoʻlqinlar. Radiotoʻlqiilar difraksiyasi va ionosferadan qaytishi natijasida Yerning sferik sirti boʻylab 1—2 ming km gacha boʻlgan masofalarga tarqalishi mumkin. Uzun toʻlqinlar Yer sirtida kam yutiladi va shu sababli qiska toʻlqinlarga. nisbatan oʻz quvvatini kam yoʻqotadi. Uzun toʻlqinlar tarqalishiga ionosfera deyarli taʼsir etmaganligi uchun ularning sutka davomida tarqalishi oʻzgarmaydi. Bu, oʻz navbatida, barqaror aloqani taʼminlaydi va Uzun toʻlqinlarni uzoq masofali (2000 km dagi) aloqa tizimlarida qoʻllash imkonini beradi.


Lotin alifbosida maqola: UZUN TOʻLQINLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты