TELEFON KOMMUTATORI — telefon styasida abonentlarni qoʻlda ulabuzish (kommutatsiya) uchun moʻljallangan qurilma. Liniya (abonent) komplektlari, shnur juftlari asboblari va telefonchilarning ish oʻrnidagi asboblardan iborat. Telefon kommutatorining liniya komplektlariga telefon liniyalarini ulash uyalari, chaqiruv klapanlari yoki signal lampalari kiradi. Bular abonentdan chaqiruvni kabul qilish va unga zarur liniyani ajratish uchun xizmat qiladi. Shnur juftlari asboblariga soʻrovchaqiruv kaliti, shnurli shtepsellar, gaplashuvni tugatish klapani yoki lampasi kiradi. Bular abonentni boshka abonentga ulash va gaplashish tugaganligi toʻgʻrisida signal olishga imkon beradi. Ish oʻrni asboblariga mikrofonlar, telefonlar, telefon induktorlari va b. kiradi. Bular telefonchining abonent bilan gaplashishi va boshka abonentga chaqiruv yuborishiga imkon beradi. Telefon kommutatorining magʻalliy batareya, markaziy batareya bilan ishlaydigan va aralash turlari bor. T. k. asosan kichik telefon styalarda qoʻllanadi, yirik styalarda abonentlarni ulashuzishga doyr amallar avtomat lashtirilgan.