TELLER

TELLER (Teller) Edvard (1908.15.1, Budapesht — 2003.10.9, Kaliforniya shtati, AQSH) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1948-y. dan). Vengriyada tugʻilgan, Germaniya, Daniya, Buyuk Britaniyada oʻqigan va ishlagan. 1935-y. dan AKSH da. Vashington unti (1935— 41), Chikago unti (1946—52), Kaliforniya unti prof. (1953—75). Ilmiy ishlari kvant mexanika, yadro fizikasi, termoyadro reaksiyalar, elementar zarralar fizikasi, kosmik nurlar fizikasi va b. ga oid. AQSH atom bombasini yaratihda ishtirok etgan (1941 — 53), uning bevosita rahbarligi ostida vodorod bombasi yaratilgan. Kosmologiya va yulduzlarning ichki tuzilishi, kosmik nurlarning paydo boʻlishi muammosi va b. bilan ham shugʻullangan.


Lotin alifbosida maqola: TELLER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
FIZIKA
BUYUK BRITANIYA
DANIYA
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты