TELOMERLANISH

TELOMERLANISH (rus. telo tana va yun. meros — qism, ulush) — toʻyinmagan birikmalar (monomerlar) bilan reaksiya zanjirini uzatuvchi (telogen) moddalar oʻrtasidagi zanjir reaksiya. Telomerlanish natijasida mol. m. turlicha boʻlgan mahsulotlar aralashmasi (telomerlar) yuzaga keladi. Bu mahsulotlarning molekulalari monomerlar molekulasi va chekka guruxdan tuzilgan. Telomerlanishni nur, radikallar, ionlar bilan initsirlash mumkin. Initsirlash usuliga koʻra, ionli va radikalli Telomerlanish farqlanadi. Radikalli Telomerlanish ancha keng oʻrganilgan.

Etilenning uglerod (IV) xlorid bilan Telomerlanishi radikalli Telomerlanishga misol boʻla oladi. Initsiator parchalanib, radikal (R°) larni, ular uglerod (IV) xlorid molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, trixlormetil radikalini hosil qiladi: R°QCC14»RC1QCC1°3.

Radikalli Telomerlanishni initsirlash maqsadida atsitil va alkil peroksidlar, yogʻ qatorining azobirikmalari, metall organik birikmalar va ultrabinafsha nurlar ishlatiladi. Soʻnggi vaqtda oksidlanishqaytarilish sistemalari, metallar karbonillari, unur, termik initsirlash qoʻllanadi. Telomerlanishda monomerlar sifatida turli toʻyinmagan birikmalar ishtirok etishi mumkin. Telomerlanish reaksiyasidan foydalanib ennat tolasi, lokboʻyoklar va b. noyob birikmalar olingan. Sirka kislota bilan etilenning radikalli Telomerlanish jarayonida ilk bor vodorod atomining 1,5 migratsiyasi orkali erkin radikallarning qayta taqsimlanishi kashf qilingan.


Lotin alifbosida maqola: TELOMERLANISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YOGʻ
POLIMERLANISH
ORGANIK KIMYO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты