TEMIN (Temin) Xouard Martin (1934.10.12, Filadelfiya) — amerikalik virusolog. AQSH Milliy FA xamda Sanʼat va fanlar akademiyasi aʼzosi. Suortmore kollejini tugatgan (1955). Kaliforniya texnologiya intida falsafa dri (1959). Viskonsin shtatidagi Madison untida onkologiya prof. (1969-y. dan).
Ilmiy izlanishlari eksperimental embriologiya, hayvonlar virusologiyasiga oid. RNKdan DNKga irsiy maʼlumot oʻtkazish (transkripsiyami taʼminlovchi teskari transkriptiza fermentini kashf qilgan (1970). Hujayra irsiy ashyosining oʻsma viruslari bilan taʼsirlashuviga bogʻliq kashfiyot, yaʼni provirus nazariyasi muallifi. Nobel mukofoti laureata (1975, D. Baltimor va R. Dulbekko bilan hamkorlikda).