TEMIR DAVRI

TEMIR DAVRI, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqarish. xoʻjaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan davrlardan soʻng insoniyat hayotida sodir boʻlgan tarixiy bosqich. Bu davr xoʻjalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi, tarkalishi va temir qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. «Temir davri» atamasi, garchi antik dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan boʻlsada, fanga 19-a. ning oʻrtalarida daniyalik arxeolog K. Yu. Tomsen tomonidan kiritilgan. Rudadan temirni ajratib olish usuli dastlab Misr va Mesopotamiyada (mil. av. 3ming yillikning 1yarmida) kashf etilgan. Keyinroq (mil. av. 2ming yillikning oxirida) bu usulni yunonlar bilib olishgan. Mil. av. 11-a. dan boshlab Falastin, Suriya, Kichik Osiyo, Zakavkazye, Hindiston va Xitoyda xoʻjalik va harbiy qurolaslahalar yasashda temirdan keng miqyosda foydalanilgan, soʻngra temir asboblar yasash Eron va Oʻrta Osiyoda ham keng tarqala boshlagan. Temir (meteoritdan tashkari) Amerika, Avstraliya, Tinch okeanning aksariyat orollarida va Shim. mintaqalarda 16—17-a. larda maʼlum boʻlgan. Temir tabiatda yombi sifatida uchramaydi. U ruda zarrachalari toʻplamini yumshoq xamirsimon holatga kiritish usuli bilan olingan. Bu usul temir rudasini 900 — 1350° atrofida qizdirib maxsus koʻralarda boskrndan konussimon nay orqali havoni puflab kuchaytirish yoʻli bilan bajarilgan. Koʻra tubida kritsa (1 — 5 kg lik gʻalvirak temir boʻlagi) hosil boʻlib, uni olovda qizdirib, suvga botirib, sandonda bolga bilan urib toblangan. Natijada temir rudasi zichlanib, toshqollardan tozalangan. Biroq olingan sof temir juda yumshoq, undan yasalgan mehnat qurollarining sifati past boʻlgan. Mil. av. 9—7-a. larga kelib metallga termik usul bilan ishlov berish kashf etilib, uni poʻlatga aylantirilishi yangi material — temirning keng tarqalishiga sabab boʻladi.

Temir davrida ishlab chiqarishda buyuk texnika oʻzgarishlari yuz berdi. Temir rudasining mis va kalayga nisbatan tabiatda serobligi, mustahkam sifati uning ishlab chiqarish. da va harbiy sohada tez va keng tarqalishiga olib keldi. Ayniqsa, qishloq xoʻjaligi. da gemir qurollardan foydalanishga oʻtish katta voqea boʻldi. Chunki degʻqonchilik maydonlarini kengaytirishda temir asbob va kurollar (bolta, ketmon, kurak), ayniqsa, temir tishli omoch kabi mustahkam moslamalar paydo boʻldi. Temir davrida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqib, alohida ishlab chiqarish. xoʻjaligiga aylandi.

Temirning keng tarqalishi bilan ishlab chiqarish xoʻjaliklarining rivojlanib borishi shubhasiz, ijtimoiy hayotni ham tubdan oʻzgarishiga olib keddi. Yirik qishloqlar hunarmandchilik va oʻzaro ayirboshlash savdo markazita aylanib, shaharlar qad koʻtardi. Ular xom/isht va paxsadan bino qilingan baland va qalin devorlar bilan oʻrab olindi. Shunday qilib, temir va poʻlat buyumlardan keng koʻlamda foydalanish Oʻrta Osiyo shagʻar va qishloqlari taraqqiyotiga ham samarali taʼsir etdi.

Oʻzbekistonda Temir davriga oid yodgorliklarni sanalashtirish va dastlabki turkumlarga ajratilishiga doyr tadqiqotlar S. P. Tolstov, A. I. Terenojkin va Ya. Gʻulomovlar tomonidan amalga oshirilgan. Oʻzbekiston hududida Temir davri yodgorliklari mil. av. 8—6-a. larga mansub. Ular Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlarida va Fargʻona vodiysida oʻrganilgan; Koʻzaliqir, Qalʼaliqir va Dingilja singari qad. qalʼa va qishloq, shahar xarobalari, Tagisken va Uygarak qabristonqoʻrgʻonlari, Boʻkantov qoyatosh suratlari tekshirilgan. Temir davrida qad. Xorazm hududlarida dastlabki yirik sugʻorish inshootlari vujudga kelgan.

1960—70y. larda Surxondaryoda Kuchuktepa, Jondavlat va Qiziltepaning quyi qatlamlari, Pachmoqtepa, Qizilchatepa yodgorliklari oʻrganildi. L. I. Albaum Kuchuktepadan mil. av. 6 — 4-a. larga oid uyjoy qoldiklari, kulolchilik, temirdan yasalgan uyroʻzgor va deqqonchilik buyumlarini topgan. 60y. larda Buxoro viloyatida Xazora yodgorligi va Sarmichsoy petrogliflari tekshirildi. Qashqadaryoda Temir davriga oid Chimqoʻrgʻon yodgorligi (1972) oʻrganildi. 1973-y. da Chordara istehkomi (Konimex tumani) va Romushtepa (Jondor tumani) tekshirildi.

Temir davriga mansub arxeologik yodgorliklar Toshkent viloyatida Burganliktepa, Qovunchitepa, Tuyaboʻgʻiztepa va Burchmulla xazinasi, Fargʻona vodiysida esa, Eylaton yodgorligi va Oqtosh qabristoni asosida oʻrganilgan. 80—90 y. lardan Koʻktepa (Samarqand viloyati), Yerqoʻrgʻon va Uzunqir (Qashqadaryo viloyati) kabi mil. av. 7—6-a. larga oid nodir obidalarda arxeologik qazishlar oʻtkazildi. Bu yodgorliklarning tadqiqotlarida R. Sulaymonov, M. Filanovich, A. Saʼdullayev, M. Isamiddinov, Sh. Odilov, B. Matboboyev va b. ning hissasi katta boʻddi. Temir davriga oid yodgorliklarning tadqiqot natijalari, shubhasiz, Oʻzbekiston tarixining eng muhim masalalaridan hisoblanadi. Shaharsozlik madaniyatining shakllanishi shaharlar va mamlakatlararo savdosotiq munosabatlarining rivoji hamda ilk davlatchilik tizimlarining shakllanishi va rivoji tarixini oʻrganishda samarali natijalar bermoqda. Chunki, Temir davrida mamlakatimiz hududida Xorazm, Baqtriya, Sugʻd, Choch va Fargʻona kabi qad. tarixiymadaniy oʻlkalar shakllanib, Katta Xorazm, YunonBaqtriya (Baxtar) podsholigi, Sugʻd mahalliy hokimlar konfederatsiyasi, Qangʻ davlati va Fargʻona afshinlari kabi hokimiyatlar tashkil topgan edi.

Ad..Tolstov S. P ., Drevniy Xorezm, M., 1948; Filanovich M. I., Drevniy Tashkent, Temir davri, 1973; Suleymanov R. X., Drevniy Naxshab, Temir davri, 2000.

Abdulahad Muhammadjonov.


Lotin alifbosida maqola: TEMIR DAVRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ERON
MISR
HINDISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты