TEMIR YOʻL

TEMIR YOʻL — 1) yoʻlovchi va yuklarni tashiydigan, texnika vositalari va inshootlari (poyezdlar, vagonlar, styalar, avtomatika va telemexanika qurilmalari dispetcherlik xizmati va b.) majmui bilan jihozlangan transport korxonasi. Vazifasiga qarab, umumiy foydalaniladigan (magistral); sanoat transporti, ruda konlari va b. joylarda ishlatiladigan; shahar t. y. (tramvay, metropoliten); izlari oraligʻining kengligiga qarab, keng izli va tor izli boʻladi. Relslar oraligi 1676 mm (Hindiston, Ispaniya, Argentina, Chili va b.), 1520 mm (Rossiya, Oʻzbekiston va b.), 1435 mm (Yevropaning koʻpchilik mamlakatlari, Kanada, AQSH), 1067 mm (Yaponiya, Indoneziya va b.);

2) t. y. transporti qatnaydigan relsli iz; ustki qurilma, yer polotnosi va sunʼiy inshootlardan iborat. Ustki qurilma relslar, rels birikmalari, strelkali oʻtkazgichlar, shpal, bruslar va ballast qatlamlaridan iborat. Yer polotnosi koʻtarma va oʻymalardan iborat boʻlib, yoʻl ustki qurilmasiga zamin boʻlib xizmat qiladi. Sunʼiy inshootlarga Temir yoʻl koʻpriklari, tonnellar, viaduk, drenaj quvurlari, tirgak devorlar va b. kiradi. Temir yoʻl yoqalab yoʻl belgilari (kilometrlar, piketlar va shu kabilar) oʻrnatiladi (yana q. Temir yoʻl transporti).


Lotin alifbosida maqola: TEMIR YOʻL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YAPONIYA
INDONEZIYA
CHILI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты