UKRAIN TILI

UKRAIN TILI — hindevropa tillari oilasidagi slavyan guruhiga mansub sharqiy slavyan tillaridan biri. Asosan, Ukrainada, shuningdek, Belorussiya Respublikasi va RFning Ukrainaga koʻshni viloyatlarida, Kuban va Uzok, Sharqda, Polsha, Slovakiya, Serbiya, Kanada, AQSH, Argentina, Avstraliya va b. mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 46 mln., jumladan, Ukrainaning oʻzida 38 mln., RF da 4,5 mln., Oʻzbekistonda 150 ming, AQSH va Kanadaning har birida 500 ming kishidan ortiq (20-a. ning oxirlari).

Ukrain tilining 3 asosiy laxjasi bor: jan. sharqiy (oʻrta dneprboʻyi, slobojan, dashtchoʻl shevalari); jan. gʻarbiy (volinpodolsk, galichbukovina va karpat shevalari) va shim. (chapqirgʻoq, oʻngqirgʻoq, volinpolesye shevalari). Hoz. adabiy tili, asosan, jan. sharkiy laxja asosida shakllangan.

Ukrain tilining boshqa slavyan tillaridan farklanuvchi belgilari: fonetika sohasida — tiloldi i tovushining nisbatan tilorqa i tovushidan farqlanishi, yopiq boʻgʻinlarda oldingi o, ye, tovushlarining i ga aylanishi; morfologiya sohasida — chaqiriq kelishigining mavjudligi, erkak jinedagi otlarda joʻnalish va oʻrin kelishiklarining oʻziga xos qoʻshimchalari, sifat shakllarining qisqarishi; sintaksis sohasida — oʻzgarmas feʼl shaklli shaxesiz gaplarning qoʻllanishi va b.

Adabiy Ukrain tilining rivojlanish tarixi 2 bosqichdan iborat: qadimgi Ukrain tili (14-a. — 18-a. oʻrtalari) va hozirgi Ukrain tili (18-a. oxiridan). Qadimgi Ukrain tilida yuridik va b. rasmiy xujjatlar, ilmiy nasr, turli janrlardagi badiiy adabiyot yaratilgan va saqlanib qolgan. Qad. Ukrain tilining adabiy meʼyorlari L. Zizaniyaning grammatikasi va lugati (1596)da ham oʻz aksini topgan. Hoz. adabiy Ukrain tili Ukrainada I. Kotlyarevskiy va 18-a. oxiri — 19-a. boshlaridagi boshqa yozuvchilar asarlarining maydonga kelishi bilan barqarorlashgan. Hoz. adabiy Ukrain tili tarixida T. G. Shevchenko ijodi ulkan rol oʻynadi. T. Shevchenko umumxalq soʻzlashuv tili negizida umummilliy adabiy Ukrain tiliga asos soddi.

Oʻtgan asrning 20-y. larida adabiy Ukrain tilida jiddiy uzgarishlar sodir boʻddi. Ukrain tili Ukraina aholisi turli tabaqalarining ijtimoiy va madaniy hayotida keng qoʻllana boshladi, publitsistik, ilmiy va rasmiy uslublarning tez rivojlanishini taʼminladi. 50-y. larda lisoniy meʼyorlardagi va bir qancha fanlar terminologiyalaridagi boshboshdokliklarga barham berildi. Shu vaqtdan boshlab adabiy Ukrain tili meʼyorlari rivojida yangi bosqich boshlandi. Keyingi yillarda Ukrain tilida roʻy bergan meʼyoriy oʻzgarishlar, yangi meʼyoriy variantlar «Ukrain tili lugati»da (1 — 11j. lar, 1970—80) oʻz aksini topali.

Ukrain tiliga kdsimgi rus yozuvi (kirillitsa) meros boʻlib oʻtgan. Eng qad. yozma yodgorliklari: yuridik hujjatlar (14 — 15-a. lar), diniypandnoma mazmundagi asarlar (16-a.) va b.


Lotin alifbosida maqola: UKRAIN TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UKRAINA
KANADA
ROSSIYA
TOSHKENT
BELORUSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты