TEMIR YOʻL UZELI

TEMIR YOʻL UZELI — bir necha t. y. liniyalari kesishgan joydagi punkt; turli texnik inshoot va qurilmalar majmui. Asosiy inshootlariga vagonlarni saralash, yoʻlovchilar va yuk styalari, alohida styalarni oʻzaro bogʻlovchi yoʻllar, aylanib oʻtuvchi yoʻllar, yoʻlovchilar uchun moʻljallangan binolar, depo, texniktaʼmirlash styalari va b. kiradi. Vazifasiga qarab, oddiy tranzit uzeli, katta hajmda yuk tushiribortiladigan tranzit uzeli va oxirgi uzelga boʻlinadi; yirik sanoat korxonalariga xizmat qiluvchi sanoat, portlarga xizmat qiluvchi uzellar ham boʻladi. Temir yoʻl uzeli temir yoʻl avtomatikasi va telemexanikasi qurilmalari bilan jihozlanadi. Temir yoʻl uzelida bir yoki bir necha stya boʻlishi mumkin.


Lotin alifbosida maqola: TEMIR YOʻL UZELI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TEMIR YOʻL AVTOMATIKASI VA TELEMEXANIKASI
YER
TELEFON TARMOQLARI
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты