TEMIR SULFATLARI

TEMIR SULFATLARI — sulfat kislotaning temirli tuzlari. Temir (II) sulfat FeSO4 — rangsiz, gigroskopik kristallar; zichligi 3,14 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmasidan — 1,82° dan 56,8° gacha geptagidrat, 56,8°—64° oraligʻida — tetragidrat, 64° dan yuqori trada monogidrat xrlida kristallanadi. 700° atrofida FeO va SO3 ga ajraladi.

Geptagidrat FeSO47H2O (texnik nomi — temir kuporosi, tabiatda — melanterit minerali) — havorangyashil kristallar; zichligi 1,898 g/sm3, suvda (20° da massa jihatidan 21%), spirtda, glitserinda eriydi. Tetragidrat FeSO44H2O — yashil kristallar, monogidrat FeSO4H2O — rangsiz kristallar. FeSO4 bilan ammoniy sulfat (NH4)2SO4hhhf suvdagi eritmasidan koʻkyashil rangli, havoda barqaror qoʻsh sulfat FeSO4 (NH4)2 •SO46H2O (Mop tuzi) kristallanadi. Temir (II) sulfat kimyoviy reaksiyalarda kaytaruvchi, galvanotexnikada elektrolit komponenti, taxta konservanta, fungitsit sifatida, pigmentlar olishda, analitik kimyoda NO MnO4 Ce4Q MnNO~ ionlarini ochishda qoʻllanadi.

Temir (III) sulfat Fe2(SO)3 — och yashil gigroskopik kristallar; zichligi 3,097 g/sm3. Suvdagi eritmasidan Fe2(SO4)3nH2O (bu yerda pq12, 10, 9, 7, 6,

3) koʻrinishidagi kristallogidratlar holida kristallanadi. Nonagidrat Fe2(SO4)39H2O (tabiatda — kokimbit minerali). Suvda (100 g da 440 g, 20° da), spirtda, gidrazinda eriydi. Qizdirilganda 98° da tetragidratga, 125° da monogidratga, 175° da suvsiz Fe2(SO4)ra aylanadi, 600° dan yuqorida Fe2O3 va SO3 ga ajraladi. Fe2(SO4)3 ammoniy sulfat bilan birga qoʻshilib och binafsha tusli goʻzal kristallardan iborat temirammoniyli achchiqtosh NH4Fe(SO4)212H2O hosil qiladi. Temir (III) sulfat galvanotexnikada elektrolit komponenti, suvni tozalashda koagulyant sifatida, achchiqtosh va pigmentlar olishda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: TEMIR SULFATLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TEMIR
NIKEL
KALSIY
NATRIY
MIS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты