ULUGʻ TURKISTON

«ULUGʻ TURKISTON» — Toshkent sh. da tashkil topgan ziyolilarning «Ittifoq» jamiyatining nashr organi. 1917-y. 25 apr. dan Toshkent sh. da chika boshlagan. Gaz. ga Sodiq Abdusattorov, Kabir Bakirov, P. Domogatskiy muharrirlik qilgan. «Ulugʻ Turkiston» dastlab (41 soniga qadar) «Turkestanskiye vedomosti» matbaasida, keyinchalik «Umid» matbaasida chop etilgan (jami 155 soni chiqqan). 137 sonidan boshlab gaz. ning oxirgi sahifasi kirill imlosi (ruscha) da berilgan. Shuningdek, gaz. ning yana alohida 9 ta ilova sonlari ham nashr qilingan. «Ulugʻ Turkiston» «Yashasin millatlar muxtoriyati» shiori ostida ish yuritgan. Gaz. da turli toifadagi va turli siyosiy qarashlarga taallukli ziyolilar, ulamolar ham ishtirok etgan. Laziz Azizzoda, Muxtor Bakirov, Mustafo Choʻqayev, Fayzulla Xoʻjayev, Sherali Lapin, Shokirjon Rahimiy, Gʻozi Yunus, Abdurauf Fitrat, Nushervon Youshev, Yusuf Xaliliy kabi ziyolilarning maqolalari bosilgan. «Ulugʻ Turkiston» 1917—18 y. larda Turkistondagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni yoritib borgan. Sahifalaridan yangi tuzila boshlagan milliy siyosiy jamiyatlar, ularning oʻzaro aloqa va faoliyatlari, jamiyatlar tomonidan nashr qilinayotgan gaz. va jur. lar, Turkiston musulmonlarining qurultoylari, Turkiston muxtoriyati, bolsheviklarning oʻlkada olib borgan siyosati va b. materiallar oʻrin olgan. «Ulugʻ Turkiston» 1918-y. Turkiston ASSR ichki ishlar komissarligi ixtiyoriga oʻtgach, 1918-y. noyab. da komissar Orif Klebleyevning buyrugʻi bilan toʻxtatilgan.


Lotin alifbosida maqola: ULUGʻ TURKISTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



JADIDCHILIK
FITRAT
TOSHKENT
YoSh BUXOROLIKLAR
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты