TEMPERA

TEMPERA (ital. tempera — boʻyoqni aralashtirmoq) — 1) boʻyoq moddasi va bogʻlovchi moddasi suvli emulsiya va tuxum sarigʻidan tarkib topgan boʻyoq. Bogʻlovchi moddalar tarkibiga qarab sariq T. (tuxum sarigʻi qoʻshilgan), oq Tempera (tuxum oqi qoʻshilgan), kazeinli Tempera va b. turlari bor. Sanoat usulida katta va kichik tyubiklarda ishlab chiqariladi;

2) Tempera boʻyoqlari yordamida yaratiladigan rangtasvir turi; monumental va dastgoh sanʼatida keng qoʻllaniladi. Temperada yaratilayotgan asarlar sirti lok bilan qoplanmaydi, shuning uchun ular mayin jilosiz sirtga ega. Tempera asarlarida rang va rang tuslari tashqi taʼsirga chidamli, oʻzining dastlabki sifatini moyboʻyoq rassomligiga nisbatan uzoq vaqt saqlaydi. Temperani akvarel va guash bilan qoʻshib ishlatish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: TEMPERA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



RANG-TASVIR
TOSHKENT
YER
EMULSIYA
AKVAREL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты