ULKO Grigoriy Ilich

ULKO Grigoriy Ilich (1925.5.4, Novosibirsk viloyati Karasuk tumani Yekaterina qishlogʻi — 1999.8.4, Samarkand) — rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Xarkov rassomlik in-tini tugatgan (1958). 1959-y. dan Samarqandda. Ulkoning ijodiy izlanishlari mavzuli kompozitsiyalarda oʻz aksini topdi («Velosipedchilar», «Afsona», «Birinchi reys», 1962); asarlarida zamon ruhi, davr nafasi seziladi, dastgoh va monumental rassomlikning ifoda vositalari uygunlashib ketgan: «Panjakent freskasi», «Xalq ustasi A. Hazratqulov portreti» (1961), «AmuBuxoro kanali quruvchilari» portretlar turkumi (1964), «Usta U. Joʻraqulov portreti» (1965), «Suv», «Birinchi saflar» (1967); «Urgut tamakikorlari» (1971) va b.

Ulko asarlaridan namunalar respublika muzeylari (jumladan, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va b.)da saqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: ULKO Grigoriy Ilich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
ROSSIYA
XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты