ULTRATOVUSH

ULTRATOVUSH — chastotasi 1520103 Gs dan 10ʻ Gs gacha boʻlgan elastik tebranishlar va toʻlqinlar. U. ni past chastotali (1,5 104 Gs), oʻrta chastotali (105—107 Gs) va yuqori chastotali (107—10ʻ Gs) Ultratovushga boʻlish mumkin.

Ultratovush tebranishlarni hosil qilishda maʼlum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan Ultratovush nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda Ultratovush tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir boʻladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya va pyezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan.

Ultratovush suv osti kemalarini izlashda, dengiz (okean) chuqurligini aniklashda, texnologik jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan baʼzi kimyoviy reaksiyalarni roʻyobga chiqarishda, massa almashinish, kristall oʻstirish, elektroliz kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini oʻrganishda, materiallar sifatini tekshirishda (q. Defektoskopiya), moddalarga ishlov berishda, diagnostika va davolashda keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ULTRATOVUSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OKEAN
YER
TOʻLQINLAR
FIZIKA
DEFEKTOSKOPIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты