TENISHEV Adham Rahimovich

TENISHEV Adham Rahimovich (1921.25.4, Penza 2004.11.7, Moskva) — turkiyshunos olim. Rossiya FA muxbir aʼzosi (1984), Turk tili kurumi aʼzosi (1978), Finugor jamiyati aʼzosi (1982), Boshqirdiston FA faxriy aʼzosi (1992). Leningrad unti sharqshunoslik ftini tugatgan (1949). Filol. fanlari dri (1969). Rossiya FA Tilshunoslik intining uraloltoy tillari boʻlimi mudiri (1963-y. dan). Olim ishtiroki va rahbarligida turkiy tillarni qiyosiytarixiy grammatikasi yaratildi: «Fonetika» (1984), «Morfologiya» (1988), «Sintaksis» (1986), «Leksika» (1996). Tenishev ilmiy ishlari asosan turkiy tillarni kiyosiytarixiy oʻrganishga, «Oltin yoruq» yodgorligining grammatik xususiyatlarini tadqiq etishga bagʻishlangan.

As: Stroy sarыgyugurskogo yazыka, M., 1976; Stroy salarskogo yazыka, M., 1976; Uygurskiye tekstы, M., 1984; Uygurskiy dialektnыy slovar, M., 1990; Drevnekirgizskiy yazыk, Bishkek, 1997.


Lotin alifbosida maqola: TENISHEV Adham Rahimovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TILSHUNOSLIK
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK
ROSSIYA
JAHON TILLARI
TURKIYSHUNOSLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты