UMAROV

UMAROV Abdurahim (1947.24.8, Toshkent) — ganchkor usta, meʼmor. Oʻzbekiston BA akad. (1999), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992). Mahmud Usmonovntg shogirdi. Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1971); shu intda «Jamoat binolari va interyerlarini meʼmoriy loyihalash» kafedrasida pedagog (1971 — 76). 1976-y. dan Toshkent tajriba keramika ktida ganchkor usta, 1985-y. dan Respublika «Usto» xalq sanʼati ustalari birlashmasi bosh direktori, 1997-y. dan «Usto» Respublika maxsus ijodiyi. ch. uyushmasi raisi. Uning ijodiy faoliyati oʻzbek xalqining boy madaniy merosini asrash, hayotda qoʻllash, xalq amaliy bezak sanʼatini zamonaviy meʼmorlikda qoʻllab, unga milliy ruh berishga bagʻishlangan. Uning ijodiy rahbarligida respublika va xorijiy mamlakatlarda koʻplab meʼmoriy inshootlar (Temuriylar tarixi davlat muzeyi, «Qatagʻon qurbonlari xotirasi» muzeyi, Oʻzbekiston konservatoriyasi, Termiz arxeologiya muzeyi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri binolari, Buxoriy meʼmoriy majmui, Baqouddin majmuasi va b.) milliy meʼmorlik va amaliy sanʼat namunalari bilan bezatilgan.


Lotin alifbosida maqola: UMAROV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
AMALIY SANʼAT
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты