TENORIT

TENORIT (italyan botanigi M. Tenore nomidan) — oksidlar sinfiga mansub mineral, misning tabiiy oksidi SiO; tarkibida 79,89% mis bor. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi kora va kulrang boʻlib, oʻta mayda plastinkasimon kristallardan tarkib topgan; konsentrikpoʻstloqsimon boʻlakchalar shaklida uchraydi, baʼzan, zich tuproqsimon agregatlari kuzatiladi (mas., malakonit). Qattikligi 3,5—4, zichligi 5,8—6,4 g/sm3. T. mis konlarining oksidlanish zonasida kuprit, malaxit, xrizokoll, tugʻma mis va boshqalar bilan, baʼzan vulkanlarning sublimatlarida hosil boʻladi. Tenorit xususiy konlar hosil qilmaydi, oksidlanish zonasida misning boshqa minerallari bilan birga qazib olinadi. Mis olish uchun xom ashyo hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: TENORIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
MIS
YER
ITALIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты