TENTAKQUSHLAR

TENTAKQUSHLAR (Caprimulgiformes) — kushlar turkumi. 5 oilasi bor: guaxalo yoki jiryaklar, baqaogʻizlilar, ispolin Tentakqushlar, yapaloqqushsimon Tentakqushlar, oddiy Tentakqushlar 24 urugʻi va 103 turi mavjud. Vazni 60 g dan 600 g gacha. Tunda faol hayot kechiradi. Qanoti va dumi uzun, patlari yumshoq, kulrang yoki qoʻngʻir. Tumshugʻi keng va qisqa, koʻzi katta, oyoqlari kalta. Yapalokqushlar singari tovushsiz uchish xususiyatiga ega. Yerda sekin harakatlanadi. Oʻljasini uchib borayotganida tutadi. Uya qurmaydi. 2 ta tuxumini yerdagi qum yoki toʻplanib qolgan choʻpxaslar ustiga qoʻyadi. Asosan, tropik oʻlkalarda (oʻtroq), ayrim turlari moʻtadil iklimli mintaqalarda (uchib oʻtuvchi) tarqalgan. Oʻzbekistonda saman va oddiy Tentakqushlar butali choʻllarda uya quradi. Tuxumini 18—20 kun bosadi. Hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligi. ga foyda keltiradi. Tentakqushlarning bir necha turlari Tabiatni muxrfaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga va ayrim mamlakatlar Qizil kitobiga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: TENTAKQUSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
Tushda uchsa nimani bildirishi haqida.
TABIATNI MUHOFAZA QILISH
OKEAN
AVIATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты