TEODORIX

TEODORIX Buyuk, Teoderix (Theodoricus, Theoderich) (taxm. 454 — 526) — ostgotlar qiroli (493—526), Italiyada ostgotlar davlati asoschisi. 488-y. Italiyaga bostirib kirgan va u yerdagi hukmdor Odoakrni taxtdan agdarib, qatl ettirgach, hokimiyatni egallab olgan (493-y.). T. davrida ostgotlar davlatiga Gʻarbiy Yevropadagi katta hududlar tobe boʻlgan. Rim aristokratiyasi bilan yaqinlashgan ostgot zodagonlari manfaatlarini ifoda etgan. Teodorix ostgotlar davlati boshkaruvi, maʼmuriyati, qonunshunosligida Rim tartiblarini saqlab qolgan. Taxm. 512-y. nashr etilgan Teodorix edikti asosini Rim huquqi tashkil qilgan boʻlib, u qulchilikni qonunlashtirgan, yirik yer egaligini saqlab qolgan. Teodorix davrida markazlashgan hokimiyatni mustaxkamlanishi mamlakatda dehqonchilik va savdoning taraqqiy etishiga, fan va sanʼatning ravnaq topishiga imkon bergan.


Lotin alifbosida maqola: TEODORIX haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ITALIYA
YER
BUYUK BRITANIYA
XITOY
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты