TEPA (arxeologiyada) — asosan, paxsadan ishlangan qad. inshootlarning xarobalari va ularni toʻldirgan madaniy qatlamlardan hosil boʻlgan doʻnglik. Arxeologik yodgorliklarning ushbu turi Oʻrta Osiyo va Kavkazda (tapa), Yaqin Sharkda (arab. — tel, tall), Hindistonda va Bolqon ya. o. da (yun. — magula, makedoncha — tumba) uchraydi. Bu mamlakatlardagi sugʻorma oʻtroq dehqonchilik xoʻjaligi, aynan mazkur yerning oʻzida koʻp asrlar va hatto ming yillar davomida qishloq (jumladan, shahar) mavjud boʻlishiga imkon bergan. Vaqg oʻtishi bilan vayronaga aylana borgan inshootlar yangilari uchun asos boʻlib xizmat qilgan va qishloq balandlashib borgan. 30—40 m ga yetgan Tepalar koʻp q^tlamli boʻlib, ular mazkur yodgorlikning stratigrafiyasini belgilashda muhim obyekt hisoblanadi (Namozgohtepa, Sopollitepa va b.). Geografik joy nomlari tarkibida ham Tepa qoʻshimchasi koʻp uchraydi (mas., Qoʻrgʻontepa, Oltintepa, Oqtepa va b.).