TEPLOXOD

TEPLOXOD — ichki yoʻnuv dvigateli bilan harakatlanadigan kema; oʻziyurar kemalarning eng keng tarqalgan turi. Daryoda suzishga moʻljallangan vintli tanker «Vandal» birinchi marta Rossiyada yasalgan (1903). Chet elda birinchi transport T. i — «Zelandiya» tankeri Daniyada yaratildi (1922). Ilgari asosiy dvigateli dizelli va eshkak vintining elektr dvigateliga elektr quvvati uzatadigan mexanizmi boʻlgan kemalarni dizelelektroxod deb xam atashgan (q. Elektroxod).

Teploxodda asosiy dvigetal sifatida 2 va 4 taktli, kichik, oʻrta va katta tezlikda aylanuvchi ichki yonuv dvigatellari ishlatiladi. Ichki yonuv dvigatelida ish bajargan gazlar issiqligidan maxsus qozonda bugʻ tayyorlash uchun, bugʻdan esa elektr energiya ishlab chikarish va kema extiyojlari uchun foydalaniladi. Teploxod dvigatellarining quvvati — 50000 o. k. gacha, tezligi — 150 km/soat gacha. Havo yostikli va suv osti qanotli Teploxodlar ham bor.


Lotin alifbosida maqola: TEPLOXOD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ICHKI YONUV DVIGATELI
TOSHKENT
ROSSIYA
AVIATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты