UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABI

UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABI — majburiy taʼlim muassasasi. Mamlakat yoshlarida tabiat, jamiyat, dunyokarash, sanʼat va mehnat borasidagi milliy tushunchalar shakllantirishga asos buladigan bilim hamda ularning kasbiy yoki politexnik taʼlimi olish uchun yetarli darajadagi kunikma va malaka beradi.

Hoz. Oʻzbekiston hududida Umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv yurtining mustaqil tipi sifatvda maktabxona, qorixona, rustuzem maktablari, yangi usul maktablari shaklida mavjud boʻlgan. 20-a. ning 20-y. lar oʻrtalaridan shaharlarda 7 y. lik maktablar, qishloq joylarda dehqon yoshlari maktablari tashkil qilindi. 1934-y. dan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi 10 y. lik maktablarga aylantirilib, boshlangʻich (4 y. lik), toʻliqsiz oʻrta (7 y. lik) va oʻrta (10 y. lik) maktab turlariga ajratildi. 2-jahon urushi yillarida Umumiy oʻrta taʼlim maktabining yangi turlari — ishchi yoshlar maktablari va qishloq yoshlari maktablari vujudga keldi.

Hozir Oʻzbekistonda Umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich (1—4sinf) va oʻrta (5— 9sinf) bosqichdan iborat. Umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich bosqichida oʻquvchilar atrof muhitga ongli munosabatda boʻlish, mustaqil fikrlash va oʻz fikrini asoslashga oʻrgatiladi. Ularda zarur darajadagi ilmiy hamda umummadaniy bilimlarni olish ehtiyojini shakllantirishga, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan maʼnaviy fazilatlarni qaror toptirishga eʼtibor qilinadi. Bolalarda dastlabki ongli mehnat koʻnikmalari shakllantirilishi koʻzda tutiladi. Umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻrta bosqichida ijtimoiygumanitar va tabiiy fanlar asoslari, milliy istiqlol gʻoyasining asosiy tushunchalari, ijtimoiy foydali mehnatning eng zarur koʻnikmalari, yoshlarning estetik dvdi va badiiy tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladigan oʻquv fanlari oʻrgatilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, bu bosqich oʻquvchilarda tashkilotchilik va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini, nazariy bilimlarni amalga tatbiq etish koʻnikmalarini shakllantirishni ham koʻzda tutadi. Umumiy oʻrta taʼlim maktabi larida dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga eʼtibor berilib, yoshlar taʼlimning navbatdagi oʻrta maxsus bosqichiga qiynalmay oʻtishga tayyorlanadi.

Oʻzbekistonda Umumiy oʻrta taʼlim maktabi yagona maktab tamoyiliga amal qilgan holda davlat tomonidan tashkil etiladi, faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va moliyaviy taʼminlanadi. Bu hol ixtisoslashgan va yoʻnaltirilgan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi lari boʻlishi mumkinligini istisno qilmaydi. Umumiy oʻrta taʼlim maktabilari faoliyati tegishli idoralar tomonidan tasdiklangan oʻquv rejasi, davlat taʼlim standartlari asosida yuritiladi. Oʻzbekistonda 2002/03 oʻquv yili 9799 Umumiy oʻrta taʼlim maktabi, jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun 85 maktab ishladi.


Lotin alifbosida maqola: UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
TOSHKENT
ROSSIYA
ITALIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты