UMUMLASHTIRISH

UMUMLASHTIRISH — insonning voqelikni bilish, tadqiq etishdagi muhim fikriy amallaridan biri; narsa va hodisalarning oʻxshash hamda muhim belgi, xususiyatlarini, bogʻlanishlarni fikran muayyan tushunchaga birlashtirish jarayoni va uning natijasi. Umumlashtirish — ilmiy bilishning muhim vositalaridan hisoblanadi. Umumlashtirishda ayrimlikdan umumiylikka oʻtiladi (mas, «issiqlik» tushunchasidan «energiya» tushunchasiga oʻtish) va umumiy tushuncha, hukm, nazariyalar hosil qilinadi (sabzi, piyoz, karam — sabzavot; olma, nok, oʻrik — daraxt). Bunday tushunchalardan yuzaga kelgan umumiy bilim moddiy olamni chuqurroq aks ettirib, uning mohiyatini anglab olishga yordam beradi. Voqelik toʻgʻrisidagi tushunchalarni, ularga asoslangan bilimlarni umumlashtirmasdan fanlarning asosiy kategoriyalarini yaratib boʻlmaydi. Umumlashtirish siz bilimlarimizni sistemaga solish mumkin emas. Umumlashtirish siz fan va ilmiy bilimlar taraqqiy eta olmaydi. Barcha ilmiy kategoriyalar, ular yordamida ifodalanuvchi qonun va tamoyillar, tajribada toʻplangan empirik tushunchalar Umumlashtirish natijasida hosil qilingan.


Lotin alifbosida maqola: UMUMLASHTIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
FOROBIY
FIZIKA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты