UNVON

UNVON — vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Bu alohida shaxsning xizmatlari yoki kasb, xizmat, ilmiy va b. malakalari rasman eʼtirof etilganligini tasdiklaydi. Unvon belgilash, berish va undan mahrum etish tartiblari, shuningdek, Unvon b-n bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar qonun hamda boshqa normativ qujjatlar b-n belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Faxriy (q. Faxriy unvonlar), harbiy (q. Harbiyunvonlar), ilmiy (q. Ilmiy unvon), maxsus professional, sport, akademik U., turli mukofot, konkurs laureatlari Unvoni va shu kabilar bor. Prokuratura organlaridagi prokuror va tergovchilar uchun belgilangan Unvon chin, diplomatiya xodimlari uchun belgilangan Unvon diplomatiya daraja va martabalari deb ataladi.


Lotin alifbosida maqola: UNVON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
DIPLOMATIYA DARAJA VA MARTABALARI
FAXRIY UNVON
XITOY
SPORT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты