TERMIZ UNIVERSITETI

TERMIZ UNIVERSITETI — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-y. 15-martda Termiz pedagogika inti (1955-y. da asos solingan) negizida Termiz sh. da tashkil etilgan. Untda 14 ft (fizikamat., tabiiyotgeogr., iqtisodiyot, moliyamenejment, kimyo, oʻzbek va rus filol. si, tarix, xorijiy tillar, industrialped., jismoniy madaniyat, ped. va musiqa, muhandistexnika, ijtimoiygumanitar fanlar, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash), 48 kafedra, 30 dan ortiq ilmiy va oʻquv lab., 4 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, biznes maktabi,50 oʻrinli sanatoriyprofilaktoriy, sport majmuasi, milliy ansambl va yosh tomoshabinlar teatri, «Tabassum» quvnoklar va zukkolar klubi, internet tarmogʻiga ulangan 3 kutubxona (300 mingdan ortiq asar), 3 qiroatxona bor (2004). Untda 27 ixtisoslik [kasb taʼlimi (sohalar boʻyicha), musiqiy taʼlim, milliy istiklol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish, maktabgacha taʼlim, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kasb taʼlimi (ijtimoiyiqtisodiy soha), kasb taʼlimi (kimyoviy texnologiya va biotexnologiya), kasb taʼlimi (qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini ishlab chiqarish., dastlabki ishlov va saqlash texnologiyasi, agroinjeneriya), filol., oʻzbek tili, ingliz tili, nemis tili, rus tili, tarix, psixologiya, iktisodiyot, menejment, moliya, biol., fizika, geogr., kimyo, mat., amaliy mat. va informatika, transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish] boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. 6 mutaxassislik boʻyicha aspirantura faoliyat koʻrsatadi. 2002/03 oʻquv yili untda 6700 talaba taʼlim oldi, 536 oʻqituvchi, jumladan, 26 fan dri va prof., 152 fan nomzodi va dotsent ishladi. Unt Rossiya, Fransiya, GFR, Yaponiya, Gollandiya, Polsha, Ukraina, Avstriya, Bolgariya, Belorussiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon olimlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Unt faoliyati J. Omonturdiyev, Sh. Samatov, X. Rahmonqulov, B. Qodirov, A. Abdullayev, Q. Joʻrayev, U. Umarov, J. Esanov, X. Xudoyberdiyev, S. Tursunov va b. prof. oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Untda «Termiz universiteti» gaz. nashr etiladi. 2004-y. gacha unt 27 mingdan ortik, mutaxassis tayyorladi.


Lotin alifbosida maqola: TERMIZ UNIVERSITETI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
TARIX
OLIY OʻQUV YURTLARI
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты