UNLI TOVUSHLAR

UNLI TOVUSHLAR — ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vocalis — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hoz. oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi.

Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 6 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtayi nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari — i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari — o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o).

Labning holati (ishtiroki)ga koʻra unlilar 2 ga boʻlinadi: lablangan unlilar (u, oʻ) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab choʻchchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv boʻladi.

Tovushning hosil boʻlishida ketadigan vaqtning miqdoriga koʻra Unli tovushlar 2 turga boʻlinadi: choʻziq unli; qisqa unli. Choʻziq unli davomli (choʻziq) talaffuz etiladigan Unli tovushlar dir. Bunday tovushlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning baʼzilarida, shuningdek, ayrim oʻzbek shevalarida uchraydi. Mas, turkman tilida a:ch (krrnim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va b. Qisqa unlilar talaffuziga choʻziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi.

Ad.: Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Reformatskiy A. A, Vvedeniye v yazыkovedeniye, M., 1998.


Lotin alifbosida maqola: UNLI TOVUSHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FRANSIYA
ALISHER NAVOIY
TURKIY TILLAR
UNDOSH TOVUSHLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты