UPIT Andrey Martinovich

UPIT Andrey Martinovich [1877.22.11(4.12), Skriveri, hoz. Latviya Respublikasi, Ogra tumani — 1970.17.11, Riga] — latish adabiyoti asoschilaridan, adabiyotshunos, davlat arbobi. Latviya xalq yozuvchisi (1943). Latviya Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvi raisi (1941—54), Latviya FA akad. (1946), Latviya Oliy Majlisi Prezidiumi raisi oʻrinbosari (1940—51) va aʼzosi (1951-y. dan). Ijodi 1906-y. dan boshlangan. 1907—12 y. larda «Burjua», «Soʻnggi latish» dilogiyasini yozgan. «Robejniyeklar» trilogiyasi (1909—33) da latish dehqonlarining 1905—07 y. largacha bosib utgan tarixiy yoʻli aks etgan. «Kichik komediya» hikoyalar kitobi (1909—10) va «Ayol» (1910), «Oltin» (1914), «Xoinlar» (1915—16) romanlarida meshchanlik tanqid qilingan. «Kamalak koʻprik boʻylab» romani (1926), «Choʻmiluvchi Susanna» (1922), «Chaykaning parvozi» (1926), «Yashnayotgan choʻl» (1930) komediyalari hamda «Metamorfoza» (1923), «Qashshoq hayot» (1926), «Pastor haqida hikoyalar» (1930) toʻplamlari va tarixiy mavzudagi «Asrlar boshida» tetralogiyasi (1937—40) muallifi. «Koʻkalamzor» (1945), «Bulutlardagi shuʼla» (1951) romanlarida 19-a. oxiridagi latish qishloqlari hayoti aks etgan. Adabiyot tarixiga oid tadqiqotlari bor. «Jannatdan quvilganlar» (1973, 1980), «Yashil yer» (1962) asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.


Lotin alifbosida maqola: UPIT Andrey Martinovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LATVIYA
HINDISTON
QORAQALPOGʻISTON
ROSSIYA
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты