URAN

URAN (lot. Uranium) , U — Mendeleyev davriy sistemasining III guruxiga mansub kimyoviy radioaktiv element, aktinoidlarp kiradi. Tartib rakami 92; at. m. 238,029. Tabiiy Uran 3 ta radioaktiv izotop: 238U yoki UI (99,2739%), 235U yoki aktinouran AcU (0,7024%) va 234U yoki UII (0,0057%) dan iborat. Uranning massa soni 226 dan 242 gacha boʻlgan 16 ta sunʼiy radioaktiv izotoplaridan eng uzok, mavjud boʻladigani 233U (Tl/2= 1,62105-y.) dir; u toriyni neytron nurlatish yoʻli bilan olinadi. 238U va 235U radioaktiv qatorlarnnit 1aʼzosi.

Uranni dastlab 1789-y. da nemis kimyogari M. G. Klaprot Bogemiyaning Uran li rudasi tarkibida kashf etdi va Uran planetasi deb atadi. 1841-y. da fransuz kimyogari E. M. Peligo Uran xloridni vodorod bilan qaytarib sof Uran olishga muvaffaq boʻldi.

Uran — kulrang tusli metall. Uning 3 ta allotropik modifikatsiyasi maʼlum: aU, (3U, yU. U. ning suyuqlanish t-rasi 1132°, qaynash t-rasi 3818°, zichligi 19,120 g/sm3. U. inert gazlardan tashqari deyarli hamma elementlar bilan reaksiyaga kirishadi, metallar bilan intermetall birikmalar hosil qiladi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5, 6 valentli. Uranning 6 va qisman 4 valentli birikmalari deyarli barkaror. Uran havoda suyet oksidlanadi. 150°da oksidlanish jarayoni tezlashadi. Uran (1U)oksid UO2 asos, Uran (U1)oksid UO, amfoter xossalarga ega. UO3 suvda eritilganda diuranat (H2U2O7) va uranat (H2UO4) kislotalar hosil boʻladi. UO3 ishqorlar b-n metall uranatlar hosil qiladi. Uran ftor bilan odatdagi trada, boshka galogenlar bilan esa faqat qizdirilganda birikadi. UO3 ning oʻzi uranil nitratni qizdirib, UO2 esa UO3 ni vodorod b-n qaytarib olinadi. UO2 ni metall holdagi Uran bilan qizdirib, uran (P)oksid UO, UO2 ga vodorod peroksid taʼsir ettirib, uran peroksid UO42H2O xreil qilinadi.

Uran rudalarini boyitishda gidrometallurgiya usullari qoʻllanadi. Koʻpincha Uran rudasiga koʻp miqdorda sulfat yoki nitrat kislota yoxud ularning aralashmasidan qoʻshib, Uranni eritmaga oʻtkaziladi. Eritmaga aminlar va alkilfosfatlar qoʻshib, Uran ekstraksiya yoki ion almashtirish yoʻli bilan yot jinslardan ajratib boyitiladi. Soʻngra boyitilgan eritmalardan ammoniy diuranat (NH4),U2O7 yoki natriy diuranat Na2U2O7 yoxud uran (IV)gidroksid (UOH)4 holida choʻktiriladi. Bu choʻkmalar Uran birikmalarini xreil qilishda dastlabki modda sifatida ishlatiladi.

Uran yadro reaktorlarida asosiy yoqilgʻi sifatida qoʻllanadi. Uran tuzlari fotografiyada, analitik kimyoʻda, shisha tayyorlaщda (shishani sariqyashil tusli qilishda) va yuqori traga chidamli sirlar uchun boʻyagich modda sifatida ishlatiladi.

Odam, hayvon va oʻsimlik toʻqimalarida juda oz (10»s—10»8%) miqdorda, oʻsimlik kulida 1,510~5%, baʼzi bir qoʻziqorin va suvoʻtlarda koʻproq Uran boʻladi. Uran odam va hayvon organizmiga — oshqozonga suv va ovqatdan, nafasga havodan va teri orqali kiradi. Uran qonda uzoq vaqt aylanmaydi. Odam va hayvon organizmida Uran miqdori 10»7 g dan oshmaydi. Uran xayvon va oʻsimlikning normal hayot faoliyati uchun zarur element qisoblanadi, lekin uning fiziologik funksiyasi yaxshi anik,lanmagan. Uranni qazib olishda va ishlov berishda undan zaharlanish mumkin. Uran organizmga kirganida barcha organ va toʻqimalarga taʼsir etadi. Zaharlanshdan saqlanish uchun germetik qurilmalardan foydalanish, havo va suvni toza tutish, ishchilarni tibbiy nazoratdan oʻtkazib turish va gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.

Ad.: Axmetov N. S., Obщaya i neorganicheskaya ximiya, M., 1998; Parpiyev N. A., Rahimov H. R., Muftahov A. Gʻ.,Anorganik kimyo, T., 2003.


Lotin alifbosida maqola: URAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: U harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KIMYO
TEMIR
TOSHKENT
KALSIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты