TERMOFOSFATLAR

TERMOFOSFATLAR — tabiiy fosfatlarni ishqoriyer metallar birikmalari bilan birga yuqori haroratda pishirib, tuyib tayyorlanadigan fosforli oʻgʻitlar. Fosfat shlaklari, shuningdek, ftorsizlantirilgan fosfatlar ham baʼzan Termofosfatlarga kiritiladi. Termofosfatlar tarkibidagi fosfat angidrid (R2O5)ni, ayniqsa 20—30% R2O5 boʻlgan ishqorli Termofosfatlarni oʻsimliklar yaxshi oʻzlashtiradi. Ishqorli Termofosfatlar tabiiy fosfatlarni soda, soda shlaki yoki natriy sulfat bilan birga pishirib olinadi. Tarkibida 20% oʻzlashtiriladigan R2O5 va 12% MgO boʻlgan magniyli (magnezial) Termofosfatlar tabiiy fosfatlarni magnezial silikatlar — olvinit, serpentinit bilan birgalikda pishirib olinadi. Bu oʻgʻitlar fosfor va magniy elementlari kam yerlarga solinadi. Termofosfatlar nordon tuprokli yerlar uchun foydali.


Lotin alifbosida maqola: TERMOFOSFATLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



NATRIY
FOSFORLI OʻGʻITLAR
MAGNIYLI QOTISHMALAR
MAGNIYLI OʻGʻITLAR
METALLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты