TERMOYADRO REAKSIYALARI

TERMOYADRO REAKSIYALARI — juda yuqori t-ralarda yengil atom yadrolarining oʻzaro birikish jarayoni. Vodorodning 2 izotopi N2 (deyteriy) va N3 (tritiy) 1 kg aralashmasining oʻzaro birikish reaksiyasi . N2!,H3^2He4Q() nʻQ17,5 MeV natijasida 801012 kal issiklik ajralib chiqadi. Bu 1 kg uran U235 yadrosining boʻlinishida ajralib chiqadigan energiyadan 4-marta yoki 10 mln. kg kumir beradigan issiklik mikdoriga tengdir.

Reaksiyaga kirishuvchi yadrolar birbiriga Yu15 m masofaga yaqinlashganda ular orasida yadro kuchlari tufayli oʻzaro taʼsir yuzaga keladi. Yadrolarning bunday yaqin kelishiga ular orasida itarish kuchlari toʻsqinlik qiladi. Bu qarshilikni yengish uchun yadrolar taxm. bir necha yuz mln. gradus traga moye katta tezlik bilan harakatlanishi kerak. Faqat ayrim Termoyadro reaksiyalari natijasida yengil atom yadrosi boʻlinib bir necha yadrolarni hosil qilishi va juda koʻp mikdorda energiya ajralib chiqishi mumkin.

Termoyadro reaksiyalari natijasida asosan, yadrolarning qoʻshilib bitta kattaroq yadroning hosil boʻlishi kuzatiladi. Yengil yadrolar ancha past tralarda ham qoʻshilishi mumkin. Chunki zarralarning tezliklar boʻyicha taqsimoti tasodifiy boʻlgani tufayli, energiyasi oʻrta qiymatdan ortiq boʻlgan biror miqdor yadrolar gʻar doim boʻladi. Bundan tashqari, yadrolar tunnel effekt natijasida ham qoʻshilishi mumkin, bu hol juda muhimdir. Chunki tunnel effekt va b. kvant t-ra meʼyorini ancha kamaytiradi. Shu sababli, baʼzi Termoyadro reaksiyalari 107K tartibdagi tralardayoq yetarlicha intensiv ravishda yuz beradi.

Ayniqsa, deyteriy va tritiy yadrolari sintezi uchun sharoit yaratish qulay, chunki ular orasidagi reaksiya rezonans xarakterga ega (,N2 va ,N3 yadrolarining birikishi uchun 7G+2O1O6K yetarli). Ana shu moddalar vodorod bombasi (yaʼni termoyadro bombasi) zaryadini tashkil qiladi. Bunday Termoyadro reaksiyalarini amalga oshirish uchun kerak boʻladigan trani kuchli lazerlar bilan plazmani bir vaqtda nurlantirish yoki atom parchalanishi reaksiyasi natijasida hosil boʻlishi mumkin.

Atomvodorod bombasining portlashi jarayonida ajralib chiqqan issiqlik miqsori 50 mln. t trotil quvvatidan yuqoridir. Ammo vodorod bombasidagi portlash 1 mikrosekunddan kam vakt davom etadi va undagi Termoyadro reaksiyalarini boshqarish murakkab muammodir. Termoyadro reaksiyalari borishini juda kichik vaqt davomida boshqarish termoyadro reaktorlari yordamida amalga oshiriladi. «Ogra», «Alfa», «Tokamak» (Sobiq SSSR), «Zeta», «Skeptr» (Angliya), «Kolumbus», «Stellyator» (AQSH) termoyadro reaktorlarining vakillaridir. Reaktor T. r. beruvchi yoqilgʻi gazi bilan yuqori bosimlar ostida toʻldirilib, elektr razryadi yoki lazer nuri yordamida yoqilgʻi plazmasi hosil qilinadi. Plazma trasini meʼyor darajasigacha koʻtarish, uni ushlash va boshqarish Termoyadro reaksiyalari hosil boʻlishda muhimdir. «Tokamak» reaktorida plazmani 70 mln. K gacha qizdirish amalga oshirildi. Bu T. r. ni boshkarish mumkinligini isbotladi.

Boshqariladigan termoyadro reaksiyalarini amalga oshirish uchun biror hajmda 108K tartibli t-ra gʻosil qilish va uni shu darajada sakGʻtb turish zarur. Bunday trada har qanday moddadan idish devorlari bugʻlanib ketadi. Termoyadro reaksiyalarini hosil qilish uchun kameradagi plazmaning trasi va katta zichligini maʼlum vaqt saqlash bilan birga plazmaning kamera ichki devoriga taʼsirini keskin kamaytirish muammosi mavjud. Shu sababli, reaksiya kamerasi kuchli magnit maydoni taʼsirida boʻladi va bu maydon plazmani kamera markaziga siqib boraveradi. Boshkariladigan termoyadro sintezini amalga oshirish insoniyatga bitmastugalmas energiya manbaini bergan boʻlar edi. Shuning uchun, boshkariladigan Termoyadro reaksiyalarini amalga oshirish borasida koʻp mamlakatlarda ishlar olib borilmoqda.

Fc. Arsimovich L. A., Upravlyayemыye termoyadernыye reaksii, M., 1963; Lukyanov S. Yu., Goryachaya plazma i upravlyayemыy lazernыy sintez, M, 1975.


Lotin alifbosida maqola: TERMOYADRO REAKSIYALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOSHQARILADIGAN TERMOYADRO SINTEZI
ATOM ENERGIYASI
PORTLASH
ATOM YADROSI
ENERGIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты