TERNOPOL VILOYATI

TERNOPOL VILOYATI — Ukrainaning gʻarbiy qismidagi viloyat. 1939 i. 4 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 13,8 ming km2. Aholisi 1172 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, belorus, yahudiy va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 27%. T. v. 16 tumanga boʻlingan, 14 shahar, 15 shaharcha bor. Markazi Ternopol sh. Mux. im shaharlari — Ternopol, Chortkov, Zbaraj, Zaleshchiki, Terebovlya, Kremenes, Zborov va b.

Ternopol viloyati Podoliya qirlarining gʻarbiy qismini egallagan. Ukrainaning oʻrmonli dasht zonasida. Viloyat hududi koʻp qismining bal. 300—400 m (eng baland joyi 443 m). Shim. qismida Kremenes qirlari, undan jan. rokda Toltr qirlari joylashgan. Foydali qazilmalari: qoʻngʻir kumir, qurilish materiallari, fosforitlar. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi jan. da —4,6° dan shim. da —5,7° gacha, iyulniki 19,4°, 18,3°; oʻrtacha yillik yogʻin 600—680 mm. Vegetatsiya davri 165 kun. Eng yirik daryosi — Dnestr. Qoratuproq, podzollashgan sur tusli tuproklar uchraydi. Oʻrmonli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Dashtlar haydalib (70% hududi), ekinzorlarga aylantirilgan. Ternopol viloyati hududining 12% oʻrmon. Oʻrmonlarda tulki, malla tovushqon, boʻrsiq, qobon yashaydi. Ondatra, nutriya, yenotsimon it iqlimlashtirilgan.

Ternopol viloyatining asosiy sanoat tarmogʻi mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosi asosida ishlaydigan oziq-ovqat sanoati (unyorma, shakarkand, moysir va sut, spirt, tamakifermentatsiya, konserva va sabzavot quritish zdlari, goʻsht kti, Berejanida shisha zdi, Ternopolda elektr armaturasi zdi, qand lavlagi kavlash kombayni, avtotaʼmirlash, taʼmirlashmexanika, savdo asbobuskunalari, chinni, temirbeton zdlari va qurilish industriyasi, mebel k-tlari, Kremenesda boʻr zdi, Chortkovda avtomobil zdlari bor. Ternopolda, farmatsevtika fkasi, ip gazlama kti (Ukrainadagi yirik ktlardan biri), Ternopol va Chortkovda tikuvchilik fkalari va sunʼiy koʻn zdi, Terebovlyada poyabzal fkasi, Kremenesda paxta fkasi joylashgan.

Q. x. gʻalla, lavlagi va sutgoʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Gʻalla, yemxashak, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi.

Qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa boqiladi. Ternopol viloyati transporta rivojlangan. Dnestr daryosida kema qatnaydi, aeroport bor. 3 oliy oʻquv yurti, 3 muzey, musiqali drama teatri va filarmoniya mavjud.


Lotin alifbosida maqola: TERNOPOL VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
UKRAINA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты