URETANLAR (frans. urethane, lot. urea — mochevina va ether — efir) , karbamatlar — karbamin kislota efirlari. Umumiy formulasi NH2COOR (bu yerda R — metil, etil yoki b. organik radikal); rangsiz kristall moddalar: meti l u retan (suyuklanish t-rasi 52°, kaynash t-rasi 177°), etiluretan (suyuklanish t-rasi 49°, kaynash t-rasi 184°). Organik erituvchilarda erimaydi, suvda yaxshi eriydi. Ishkrrlar va konsentrlangan kislotalar taʼsirida parchalanadi. Ammiak bilan mochevina hosil qiladi. Poliuretanlar sintezida, gerbitsid va insektitsid sifatida qoʻllanadi; baʼzi Uretanlar (mas, etiluretan) — tinchlantiruvchi va uxlatuvchi modda.