TESKARI TEOREMA

TESKARI TEOREMA — berilgan teoremaning sharti xulosa, xulosasi esa shart boʻlgan teorema. T. t. ga teskarisi toʻgʻri teorema deyiladi. Bundan kelib chikadiki, toʻgʻri va teskari teoremalar oʻzaro Teskari teoremalar deyiladi. Agar berilgan toʻgʻri teorema oʻrinli boʻlsa, Teskari teorema hamma vakt ham oʻrinli boʻlishi shart emas. Mas., toʻrtburchak romb boʻlsa, uning diagonallari oʻzaro perpendikulyar boʻladi (toʻgʻri teorema). Agar toʻrtburchakda diagonallar oʻzaro perpendikulyar boʻlsa, bu toʻrtburchak romb boʻladi deyish notoʻfi, yaʼni Teskari teorema notoʻgʻri. Oʻzaro Teskari teoremalar zaruriylik va yetarlilik shartlari bilan uzviy bogʻlangan.


Lotin alifbosida maqola: TESKARI TEOREMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FOROBIY
ROMB
ALISHER NAVOIY
XULOSA CHIQARISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты