TESSIN

TESSIN (Tessin) — otabola shved meʼmorlari. Shved klassitsizmi yetakchi namoyandalaridan. Nikodemus T. Katta (1615.7.12, Shtralzund — 1681.24. 5, Stokgolm) — flamandlik. 1639-y. dan Shvetsiyada yashagan. 1649-y. dan saroy meʼmori. Stokgolm yaqinidagi Drotingxolm saroyi (1662—70, shved klassitsizmi noyob yodgorliklaridan), Kalmardagi sobor (1660—80), Gyoteborgdagi Gustav Adolf maydoni ansambli ratushasi bilan (1669) va b. Ijodida italyan va fransuz barokkosiga suyangan. Nikodemus T. Kichik (1654.23.5, Nyuchyoping — 1728.10.4, Stokgolm) — Nikodemus T. Kattaning oʻgʻli. Otasidan saboq olgan. Ijodida oʻziga xoslik Rim barokko meʼmorligi va L. Bernini ijodi taʼsirida shakllangan. 17-a. palladiochilik uslubidan foydalangan: Stokgolmdagi podshoh saroyi (qurilishi 1680-y. boshlangan, 1697—1760). Podshoh maqbarasi (1671 — 1743, otasi va K. Xorleman bilan hamkorlikda, K. Xorleman nihoyasiga yetkazgan) va b. Stokgolm markazi rekonstruksiyasining loyihasini yaratgan (qisman amalga oshgan.)


Lotin alifbosida maqola: TESSIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SHVETSIYA
FRANSIYA
ITALIYA
TOSHKENT
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты